TOShKENT, 9 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 10-sentabrdan boshlab telefon raqamlari terishning yangicha tartibiga o‘tadi. Dastlab ushbu tartib faqat Toshkent shahri telefon raqamlari uchun ishga tushiriladi, deb xabar qilmoqda O‘zbektelekom.
“Hurmatli abonentlar!
O‘zbekistonda mobil va mahalliy aloqa abonentlarining soni jadal sur’atlarda o‘sib, odatiy yetti xonali raqamlar soni kamayib bormoqda. Yetti xonali raqamli telefon tizimining sig‘imi yetarli bo‘lmaganda Xalqaro elektraloqa ittifoqi ko‘p sonli tizimga o‘tishni tavsiya qiladi”, - deyilgan xabarda.
Ushbu munosabat bilan 10-sentabrdan boshlab telefon aloqasidan foydalanganda quyidagilarga e’tibor bering:
- Abonent raqami noto‘g‘ri terilganda ovozli pochta operator raqamini to‘g‘ri terish haqida xabar eshittiriladi;
- Raqam qaysi operatorga tegishli ekanini bilish uchun www.rtmc.uz sayti yoki @uztbmbot telegram boti bilan ulanish mumkin;
- “O‘zbektelekom” AJ hududiy filiallarining telefon raqamlarini terish vaqtincha o‘zgarishsiz qoldiriladi;
- Favqulodda xizmatlarni chaqirish tartibi - 101, 102, 103, 104, 1050 hamda 4 xonali qisqa raqamli xizmatlardan foydalanish tartibi o‘zgarishsiz qoldiriladi;
- Xalqaro telefon raqamlarini terish tartibi o‘zgarmaydi: + xorijiy davlat kodi va hokazo yoki + 998-xxxxxxxxx