Samarqandda Vebster universitetining magistraturasi ochiladi

© SAMGIIYaGlavnoe zdanie SAMGIIYa
Glavnoe zdanie SAMGIIYa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand chet tillari instituti va AQShning Vebster universiteti hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Samarqand Davlat chet tillar institutida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vebster universitetiing magistraturasi ochiladi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Dunyo reytingida salohiyatli kadrlar yetkazib berish darajasiga ko‘ra yuqori o‘rinlarda turuvchi ushbu xorij universiteti bilan o‘zaro hamkorlikda bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlashga erishish bo‘yicha dastlabki aloqalarga kirishilganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q.

Joriy yilning may oyida Vebster universiteti professor olimlari ilk bor ko‘hna kentga tashrif buyurgan bo‘lsa, iyul oyi oxirida samarqandlik olimlar Amerikada bo‘lib, hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishdi.

© SAMGIIYaSamDChTIda Vebster universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv
Samarqandda Vebster universitetining magistraturasi ochiladi - Sputnik O‘zbekiston
SamDChTIda Vebster universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

Mazkur universitet vitse-prezidenti Piter Maxer va chet tili fakulteti dekani doktor Dje Kayzerning bu galgi tashrifi ham ishchan ruhda o‘tdi. Tadbirda tomonlar mazkur hamkorlik aloqalarining ikki tomon uchun foydali ekanligini qayd etishdi.

Tashrif davomida mehmonlar SamDChTI o‘qituvchilari bilan seminar-trening o‘tkazib, sohaga doir ilg‘or tajribalarini o‘rtoqlashdi. Yaqin kelajakda Vebster universiteti talabalari uchun Samarqandda qisqa muddatli “O‘zbek tili va madaniyati” o‘quv kurslarini tashkil qilish, amerikalik professor-o‘qituvchilarni institutning o‘quv jarayonlariga jalb etish masalalari yuzasidan kelishib oldilar.

Yangiliklar lentasi
0