Moskvada Qirg‘iziston fuqarosi piyodalar ustiga mashina haydadi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishPolitsiya i skoraya pomosh
Politsiya i skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada Qirg‘iziston fuqarosi janjaldan so‘ng odamlar ustiga mashina haydadi.  

TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Bugun tongda Moskvadagi Novocherkassk bulvarida bir necha piyodalar ustiga mashina haydagan kishi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lib chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Dastlab kafeda bir guruh Qirg‘iziston fuqarolari orasida janjal kelib chiqqan. Shundan so‘ng ulardan biri Volkswagen Polo avtomobilini, qasos olish maqsadida, boshqalar ustiga ataylab haydagan”, - deyilgan xabarda.  

Ayni damda haydovchi hibsga olingan, besh kishi turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Politsiya xabarida aytilishiga ko‘ra, haydovchi voqea joyidan qochib ketmagan va ko‘rsatma bermoqda.

So‘nggi damda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlarning barchasi Qirg‘iziston fuqarolari. Ulardan biri tez yordam mashinasi ichida vafot etgan.  

REN-TV telekanali xabariga ko‘ra, haydovchining ismi Bekjan, u 1997-yilda tug‘ilgan. Quyida voqea joyida olingan kadrlar bilan tanishing.

Yangiliklar lentasi
0