TOShKENT, 8 sen - Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston-Belarus biznes-forumi o‘tkazilishi kutilmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekiston va Belarus davlatlari o‘rtasidagi ishbilarmonlar va mintaqalararo hamkorlik biznes-forumi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi oldidan o‘tkaziladi.
Tadbir 12-sentabr kuni Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.
Biznes-forumda Belarus davlatining eng old 78 korxonalari va 111 nafar ishbilarmonlar doiralari vakillari ishtiroki rejalashtirilgan.
Xususan, ular orasida "Sluskiy shakarqand kombinati" OAJ direktori, "MAZ" OAJ kompaniyasi bosh direktori, Belarus savdo-sanoat palatasi raisi, Belarus davlat axborot va radioelektronika universiteti rektori Vadim Bogush va boshqa yirik ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari sanab o‘tilgan.
Biznes-forum yakunida V2V formatida kooperatsiya birjalari o‘tkazilishi uchun maydon tashkil etilishi rejalashtirilgan.