O‘zbek palovi dunyoning eng yaxshi "ko‘cha taomlari" o‘ntaligiga kiritildi

© YANA DLUGY / AFPPrigotovlenie plova
Prigotovlenie plova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maqolaning muallifi fikriga ko‘ra, milliy taom bilan bog‘liq an’analar, - respublika mehmondo‘stligining eng ajoyib namunasidir.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Britaniyaning The Guardian gazetasi o‘zbek palovini dunyoning eng yaxshi "ko‘cha taomlari" o‘ntaligiga kiritdi.

Sputnik provel opros o tom nujen li fast-fud v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Burger yoki palov: o‘zbekistonliklarga fastfud kerakmi

Shuningdek, ro‘yxatda Fransiya blinchiklari, Ruminiya ponchiklari, Nepal momo chuchvarasi, Meksika baliqli tilapiyasi va Bangkok retsepti bo‘yicha tayyorlanadigan taom tilga olingan.

“O‘zbekistonning qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, polov har doim sizga yaqin joyda bo‘ladi. Go‘yoki siz har doim ulkan qozon oldidasiz. Asosiy masalliqlari – guruch, go‘sht, sabzavotlar. Menga nohot va magiz solingani juda yoqadi. Toshkent Markaziy bozorida sayir qilganimda, bizni katta dasturxonda o‘tirgan ishchilar guruhi oshga taklif qildi. Bu mehmondo‘stlikning eng yorqin namunasidir”, - deb yozadi maqola muallifi.

Yangiliklar lentasi
0