Lipesk Tergov qo‘mitasi YTH haqida: ikkinchi mashina haydovchisi – DAI xodimi bo‘lgan

© Sputnik / Natalya SeliverstovaAvtomobil Sledstvennogo komiteta RF
Avtomobil Sledstvennogo komiteta RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozir davlat avtoinspeksiya xodimi kasalxonada og‘ir ahvolda, tergov tufayli u haqda ma’lumotlar oshkor etilmayapti.

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya Tergov qo‘mitasida besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan YTHda ikkinchi avtomobil haydovchisi davlat avtoinspeksiya xodimi bo‘lganligini tasdiqlashdi.

Avariya pod Lipeskom v kotoroy pogibli 5 chelovek - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada mudhish YTH oqibatida besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

“To‘qnashuv paytida inomarka rulida davlat avtoinspeksiya xodimi bo‘lgan. Avariyadan so‘ng u og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. U haqda ma’lumotlar tergov sababli oshkor etilmayapti”, - deb ma’lum qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Tergov qo‘mitasining Lipesk viloyati bo‘yicha vakili Yuliya Kuznetsova.

YTH “Lipesk—Chapligin” avtomobil yo‘lida 6-sentabr kuni 20:30 (Toshkent  vaqti bilan 22:30) atrofida sodir bo‘lgan. Lipesk tomonga ketayotgan Toyota RAV4 va qarama-qarshi tomonga harakatlanayotgan VAZ-2103 to‘qnashib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0