TOShKENT, 7 sen - Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bugun Rossiya bosh Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
"2018-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyuradi", - deyiladi xabarda.
Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.
Shuningdek, dastur rejasiga muvofiq iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining 19-yig‘ilishida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.