“Sho‘rtan” futbolchisi stadionda kelinsalom qildi

© Diyor Imomxo‘jayevFutbolistka "Shurtan"a ispolnila kelinsalom na stadione
Futbolistka Shurtana ispolnila kelinsalom na stadione  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Sho‘rtan” jamoasi futbolchisi Uldona To‘xtayeva stadioga kelganlar oldida “kelinsalom” qildi.

TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida qiziq holat yuz berdi, deb xabar qilmoqda PFL direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev o‘zining Telegram kanalida.

“Sho‘rtan” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yindan oldin “Sho‘rtan” jamoasi futbolchisi Uldona To‘xtayeva stadioga kelganlar oldida “kelinsalom” qildi.

“Salom qilayotgan qiz Sho‘rtan futbolchisi Uldona To‘xtayeva. Turmushga chiqqaniga 1 hafta bo‘libdi. O‘yindan oldin o‘zbek urf-odatiga ko‘ra kelin salom qilyapti”, - deb izoh qoldirgan Imomxo‘jayev.

O‘yinga kelsak, u 5:0 hisobida “Sho‘rtan” g‘alabasi bilan yakunlangan.  “Kelindan 1 ta golli pas bo‘ldi” – deb qo‘shimcha qildi Diyor Imomxo‘jayev.

Yangiliklar lentasi
0