Qobulda ikkita portlash oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

© SHAH MARAI / AFPPosledstviya vzriva v Kabule
Posledstviya vzriva v Kabule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sport klubda portlashni hudkush terrorchi tomonidan sodir etildi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Qobul shahrining g‘arbiy qismida ikki portlash oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi, shuningdek 95 kishi jarohat oldi. RIA Novosti Sinxua agentligiga asosan xabar qildi.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadan Toshkentga: nima uchun Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralar manzili o‘zgartirildi

Birinchi portlash chorshanba kuni Qobulning g‘arbiy qismida joylashgan yakka kurash klubida musobaqa vaqtida sodir bo‘ldi. Portlash hudkush terrorchi tomonidan sodir etildi.

Ikkinchi portlash avvalgi portlash yaqinida sodir bo‘ldi. Mahalliy OAVlarga qaraganda, ikkinchi hujum huquq tartibot organ xodimlarga qaratilgan.  

Qobul politsiyasi vakili Xashmat Stanikzay ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi portlash oqibatida 6 nafar sportchi halok bo‘ldi va yana 10 ta jarohat oldi. Ikkinchi portlashda esa Tolo News telekanali 2 nafar jurnalisti halok bo‘ldi, shuningdek 4 nafar reporter jarohatlandi.  

Agentlik xabariga ko‘ra, ko‘plab jabrlanganlar, shu jumladan 7 nafar politsiyachilar og‘ir ahvolda.

Bu ikki portlash uchun mas’uliyatni “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi o‘z zimmasiga oldi.

Yangiliklar lentasi
0