Kurash bo‘yicha 1-xalqaro turnirda Sherali Jo‘rayev 50 ming dollar yutuqni qo‘lga kiritdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovO‘zbekistonlik kurashchi Sherali Jo‘rayev prezident sovrini uchun 1-xalqaro turnir g‘olibiga aylandi
O‘zbekistonlik kurashchi Sherali Jo‘rayev prezident sovrini uchun 1-xalqaro turnir g‘olibiga aylandi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan 1-xalqaro kurash turnirida O‘zbekiston kurashchisi Sherali Jo‘rayev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

TOShKENT, 6 sen - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkent shahrida O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun 1-xalqaro turnirning final bosqichida o‘zbek kurashchisi Sherali Jo‘rayev g‘olib bo‘lib, bosh sovrin 50 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bugun, 6-sentabr kuni Qashqadaryo viloyatida O‘zbekiston maqom san’ati dovrug‘ini dunyoga yoyadigan xalqaro maqom san’ati forumiga start berilgan bir vaqtda, Toshkent shahrida "O‘zbekiston" Respublikasi prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha 1-xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Kurash, Shaxrisabz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek kurashi - polvonlar emaklamaydi

Turnirning sovrin jamg‘armasi 100 ming AQSh dollarini tashkil etdi.

Xalqaro turnirda 1-o‘rinni qashqadaryolik polvon Sherali Jo‘rayev qo‘lga kiritdi va unga tantanali ravishda 50 ming AQSh dollari mukofoti topshirildi.

O‘zbekistonlik Bekmurod Oltiboyev kumush medal sovrindoriga aylandi va 25 ming AQSh dollari bilan mukofotlandi.

Rossiya vakili Aslan Kambiyev va Tojikiston kurashchisi Temur Raximov bronza medal sovrindori bo‘ldilar va polvonlarning har biri 10 ming AQSh dollari miqdorida mukofot bilan taqdirlandi. 

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda o‘tkazilgan 1-xalqaro turnirda dunyoning 40ga yaqin davlatidan kelgan polvonlar mutlaq vazn toifasida gilamga tushdilar. Prezident qarorida ko‘rsatilganidek, bu musobaqada polvonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yaktaklarda bel olishdilar.

Yangiliklar lentasi
0