Ko‘pkari bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi yarim finalga chiqdi

Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan ko‘chmanchilar o‘yinlarida ko‘pkari bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi yarim finalga chiqdi.

TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Qirg‘izistonda Issq-ko‘l bo‘yida bo‘lib o‘tayotgan Ko‘chmanchilar o‘yinlarida O‘zbekiston polvonlari muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etmoqda.

Kecha 5-sentabr kuni bo‘lib o‘ttgan ko‘pkari o‘yinida O‘zbekiston  jamoas Fransiya jamoasi bilan uchrashib ular ustidan 19:8 hisobida g‘alaba qozondi. Fransiya jamoasi ushbu musobaqada ilk bor ishtirok etayotganini hisobga olib ularga nisbatan “shafqatli” o‘yin namoyish etildi.

Videolavhamizda "O‘zbekiston - Fransiya" hamda "Qozog‘iston - AQSh"  jamoalari orasidagi bahslardan lavhalar tomosha qilishingiz mumkin. 

Yarim finalda O‘zbekiston turnirning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lgan Qozog‘iston jamoasi bilan uchrashadi. 

Yangiliklar lentasi
0