TOShKENT, 5 sen – Sputnik. O‘zbekiston va Misr orasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan bo‘lgan muzokaralar chog‘ida ma’lum qilgan.
“Ziyorat turizmi sohasida Misrdan keladigan sayyohlar uchun Toshkent - Xurgada o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yishga kelishdik”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, Misr – musulmon davlati. O‘zbekiston hududida esa musulmonlar uchun qadrli bo‘lgan ziyoratgohlar va tarixiy obidalar joylashgan. O‘z navbatida Misr ham o‘zining butun dunyoga mashhur piramidalari hamda Qizil dengizi bilan o‘zbekistonlik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otishi mumkin. Shu sababli “Toshkent – Xurgada” parvozlarining yo‘lga qo‘yilishi ikkala tomon uchun ham istiqbolli bo‘lishi mumkin.