Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti bilan muloqotni yuqori baholadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda o‘tkazilgan Misr prezidenti bilan uchrashuv do‘stona va amaliy ruhda o‘tkazilgani haqida bayonot qildi.

Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisining O‘zbekistonga ilk tashrifi bo‘lishiga qaramay, tomonlar turli sohalarga doir 10dan ziyod bitim va memorandumlarni imzoladilar.

O‘zbekiston prezidenti ta’kidiga ko‘ra, Toshkent turizm sohasida katta tajriba va salohiyatga ega bo‘lgan Misr bilan bu sohada hamkorlikni kuchaytiradi.

"Biz ziyorat turizmi doirasida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarimizni ko‘rish, imom al-Buxoriy, imom Motrudiy, imom Bahouddin Naqshband, Shohi Zinda, Chor Bakr, Mir Arab majmulalarini ziyorat qilish uchun Misrdan keladigan sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha Toshkent-Qohira va Xurgada o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha masalalarni muhokama qildik", - dedi O‘zbekiston rahbari.

Yangiliklar lentasi
0