TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 6-sentabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 15,70 so‘mga ko‘tarilib, 7 842,93 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi ham 0,99 so‘mga o‘sib, 9 097,01 so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, Rossiya rubli esa 29 tiyinga pasayib, 116,16 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.