“O‘zbekiston temir yo‘llari ” poyezd qatnov jadvaliga o‘zgartirish kiritdi

© Michał HuniewiczVisokoskorostnoy elektropoyezd "Afrosiab"
Visokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilar mazkur poyezdlarga olgan chiptalarni boshqa poyezdga almashtirib, yoki foiz ushlamasdan chipta pullarini to‘liq qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari ”AJ 2018-yil 6-10 sentabr kunlari Shahrisabz shahrida birinchi xalqaro “Maqom-2018” san’at anjumani o‘tkazilishi munosabat bilan yo‘lovchi poyezdlarning bitta reysi qatnov jadvaliga o‘zgartirish kiritdi.

Poyezd pered otpravleniyem - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Jizzax-Mirzacho‘l yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi ochildi

Unga ko‘ra:
1. 6.09.2018 yil Urganchdan Toshkentga jo‘naydigan № 55-sonli poyezdning Kattaqo‘rg‘ondan Samarqandgacha;
2. 6.09.2018 yil Toshkentdan Termizgacha  jo‘naydigan № 380-sonli poyezdning Samarqanddan Qarshigacha;
3. 6.09.2018 yil Andijondan Urganchga jo‘naydigan № 393-sonli poyezdning G‘allaoroldan Ziyovuddingacha;
4. 6.09.2018 yil Toshkentdan Buxoroga jo‘naydigan № 662-sonli poyezdning Jizzaxdan Samarqandgacha;
5. 6.09.2018 yil Sariosiyodan Toshkentga jo‘naydigan № 679-sonli poyezdning Kayirmadan G‘allaorolgacha bo‘lgan masofadagi harakat jadvali o‘zgartiriladi.

Shuningdek, 2018-yil 5-6 sentabr kunlari Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi № 766/765 -sonli “Afrosiyob” poyezdining 2 ta reysi bekor qilinadi. 

Ushbu reyslarga chipta olgan yo‘lovchilar kassaga murojaat qilishlarini so‘raladi.

Yo‘lovchilar mazkur poyezdlarga olgan chiptalarni boshqa poyezdga almashtirib, yoki  foiz ushlamasdan chipta pullarini to‘liq qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi.

Turisticheskiy poyezd do Issik-kulya nachnet kursirovat iz Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida muntazam poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Shu munosabat bilan quyidagi kassalarga murojaat qilish mumkin:
1. Toshkent shahridagi yo‘lovchilar Toshkent markaziy vokzalidagi 12- sonli kassaga;
2. Samarqand shahridagi yo‘lovchilar“Samarqand” vokzalidagi 1-sonli kassaga;
3. Buxoro viloyatidagi yo‘lovchilar Kogon vokzalidagi 1, 2 va  3-sonli kassalarga;
4. Navoiy shahridagi yo‘lovchilar esa Navoiy vokzalidagi  3-sonli kassalarga.

Yangiliklar lentasi
0