TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 4-sentabr kuni Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Misr Arab Respublikasi Prezidentini Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
O‘zbekiston va Misr Prezidentlarining asosiy muzokaralari ertaga Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tadi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti va qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Shuningdek, tomonlar savdo-iqtisodiy hamda turizm sohalarida hamkorlik kilish bo‘icha salmoqli xujjatlar imzolashi kutilmokda.