TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Jizzax investitsion forumi yakunlari bo‘yicha umumiy miqdori 800 million AQSh dollaridan ortiq 28 ta kelishuv va memorandumlar imzolandi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Davlat investitsiya qo‘mitasi matbuot-xizmati.
Imzolangan bitimlar va memorandumlar paketi qurilish materiallari, zamonaviy tibbiyot uskunalari va farmatsevtika preparatlari, tayyor charm va charmgalantereya mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, sut va tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, transport va mehmonxona infratuzilmasi, tiklanuvchi energiya va kimyo sohalarida qator loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
"Shell Global Solutions INTL BV", "Fives Group – Fives Stein" , "Huasin Cement", "CIRI", "DAL Teknik Makina Ticaret ve Sanayi Anonim Sirketi", "Bay Tea Group" singari va boshqa yirik 175ta xorijiy kompaniyalar Jizzax viloyatida o‘tkazilgan keng ko‘lamli investitsion tadbirda ishtirok etdilar.