Otajonov: O‘zbekiston tekstil sanoatini rivojlantirishning yangi bosqichiga o‘tmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamestitel premyer-ministra Nodir Otajonov
Zamestitel premyer-ministra Nodir Otajonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston o‘z tekstil sanoatini bosqichma-bosqich rivojlantirib bormoqda va bu sohaga 3 milliard dollardan ko‘p mablag‘ jalb qilishga ulgurdi, deb xabar qildi Xalqaro to‘qimachilik anjumanida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov

TOShKENT, 4 sen - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro to‘qimachilik anjumanida 2018-2021 yillarda O‘zbekiston tekstil sanoatini kengaytirish va tubdan yangilash dasturi hayotga tatbiq etilayotgani haqida ma’lumot berildi.

Ushbu dastur doirasida umumiy bahosi 2,5 mlrd dollarlik 130dan ziyod investitsion loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tekstil sanoati Bangladesh modeli bo‘yicha rivojlanishi mumkin

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonovning aytishicha, O‘zbekiston o‘z tekstil sanoatini bosqichma-bosqich rivojlantirib bormoqda va bu sohaga 3 milliard dollardan ko‘p mablag‘ jalb qilishga ulgurgan.

"Biz O‘zbekistonda ishlashlari uchun xorijiy investitsiyalar va jahon brendlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilishdan manfaatdormiz", — deb ta’kidladi Otajonov.

Bosh vazir o‘rinbosariga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakatda tekstil klasterlari tashkil qilingan va faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkent erishilgan natijalarda to‘xtab qolishni xohlamaydi.

"Joriy yildan biz tekstil klasterlari loyihalarini hayotga tatbiq eta boshladik. Bugungi kunda ularning soni 15taga yetgan, 2019-yilgacha ular soni uch barobar ortadi. Shu tariqa, tekstil sohasidagi tajribamizni qishloq xo‘jaligiga joriy qilmoqdamiz - yangi texnologiyalar, innovatsiyalar, kerak bo‘lsa, yangicha boshqaruv tizimini ham. O‘ylaymizki, bu loyihalar muvaffaqiyatli kechadi va ular sifatli xom-ashyo garovidir", - dedi Otajonov anjuman qatnashchilari qarshisida so‘zlagan nutqida.

Kolsepradilnaya mashina nemeskoy firmi Saurer Schlafhorst - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Koreya ishtirokida yangi to‘qimachilik texnoparki ishga tushadi

Anjuman davomida ishtirokchilar tekstil klasterlarini rivojlantirish tendensiyalari, ekologik paxta loyihasini hayotga tatbiq etish, tekstil mahsulotlarini Yevropa bozoriga olib chiqish uchun sertifikatlashtirish masalalari, eksport hajmini oshirish, jahon tekstil sanoatining hozirgi holati va istiqbollari, tekstil va tikuv sanoatida raqamli texnologiyalar, moda sanoati tendensiyalari singari masalalarni muhokama qildilar.

Anduman qatnashchilari O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston to‘qimachilik anjumani istiqboldagi masalalarni muhokama qilish va o‘zaro manfaatli shartnomalarni imzolash maqsadida jahon paxta va tekstil bozorining yetakchi ishtirokchilarini to‘pladi. Bu yil ushbu tadbirda Germaniya, Shveysariya, Janubiy Koreya, XXR, Rossiya, Hindiston, Yaponiya, Bangladesh, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, AQSh, Fransiya singari 30dan ziyod davlatlar vakillari ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0