Ochiq osmon ostidagi savdoning birinchi kuni GM  40ta avtomobil sotdi

© GM UzbekistanGM prodal 40 avtomobiley v perviy den prodaj na otkritom vozduxe
GM prodal 40 avtomobiley v perviy den prodaj na otkritom vozduxe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. GM Uzbekistan O‘zbekiston mashina bozorlarida Ochiq osmon ostida savdo maydonchalari tashkil qilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek avtomobilni “45 daqiqa ichida xarid qilish” hamda “Spark” sotib olgan har bir xaridorga velosiped sovg‘a qilish kabi aksiyalari ham e’lon qilingan edi.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan “Spark xarid qil – sovg‘aga velosiped ol” aksiyasini uzaytirdi

“Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchasi ilk bor Toshkent shahridagi «Sergeli» avtomobil bozori hududida o‘tgan dam olish kunlari tashkil etildi, bu yerda savdoga eng talabgir «Spark», «Kobalt» va «Lasetti» rusumli avtomobillari qo‘yildi. 

Avtosalonning ilk ish kunida jami  3 mlrd. 850 mln. so‘mlik 40 dona avtomobilga shartnoma tuzildi.

Dam olish kunlari bo‘lishiga qaramay, «Ochiq osmon ostidagi avtosalon» ilk mijozlarni qabul qildi, kun davomida ularning soni ortib bordi. Avtosalon xodimlari xaridorlarga yuqori darajada servis xizmati ko‘rsatib, maksimal darajada qulaylik taqdim etishga harakat qilishdi. Xaridorlarning qiziqtirgan barcha savollariga javoblar berildi, shartnoma tuzish jarayonlari tezkor va bayramona kayfiyatda amalga oshirildi.

Avtomobili Chevrolet na avtostoyanke - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan Sergeli mashina bozorida avtomobil sotishni boshlaydi

Mijozlar salqin ichimlik va shirinliklardan bahramand bo‘lib, o‘zlarining aksiya borasidagi ta’surotlari bilan o‘rtoqlashishdi. Sog‘lom hayot tarzi yo‘lida amalga oshirilayotgan harakatlarni qo‘llab-quvvatlagan ayrim xaridorlar uylariga aynan velosipedlarda ham yo‘l olishdi.

Ayni jarayonda ochiq osmon ostidagi avtosalonlarda savdoga 1475 dona «Spark», «Kobalt» va «Lasetti» rusumli avtomobillari qo‘yildi. Xaridorlarning istak va takliflarini inobatga olib, avtomobillar sonini oshirishga hamda yaqin fursatlarda boshqa rusumdagi va turli komplektatsiya va rangdagi avtomobillarni qo‘shishga va’da beramiz”, - deyilgan kompaniya xabarida.

Yangiliklar lentasi
0