TOShKENT, 4 sen – Sputnik. 2018-yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi yosh o‘yinchisi – Kilian Sanmi Mbappe raqibiga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
“Pari Sen-Jermen” jamoasining yosh hujumchisi “Nim” jamoasiga qarshi o‘yinda o‘ziga nisbatan fol ishlatgan raqib yarim himoyachisi Teji Savanyeni itarib yubordi. Mazkur tajavuzkor xatti-harakat uchun 19 yoshli futbolchi 5ta o‘yinga chetlatilishi mumkin.
Ushbu voqea Fransiya chempionatining 4-turi doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yinning qo‘shib berilgan vaqtida sodir bo‘ldi. Mbappening chetlatilishi yakuniy hisobga ta’sir qilmadi. “PSJ” 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi.
Fransiya Professional futbol ligasi bir hafta ichida 19 yoshli o‘yinchining hatti-harakatiga doir yakuniy qaror chiqaradi.