TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Joriy yilning 9-12 sentabr kunlari Toshkent shahriga, shu o‘rinda Samarqand shahriga Janubiy Koreya Respublikasi Mehnat vazirligining rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda.
"Ushbu rasmiy delegatsiya tashrifidan maqsad ikki davlat o‘rtasida tuzilgan "Bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida"gi Memorandumga muvofiq olib borilayotgan hamkorlikdagi ishlarni yanada kengaytirishdir", - dedi Sputnik muxbiri bilan suhbatda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari Abduaziz Xafizov.
Tadbir Samarqand shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish (KOIKA) markazida tashkil etiladi.
Uchrashuvga shuningdek, Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytib kelgan fuqarolar taklif qilinadi.