O‘zbekistonda kurash bo‘yicha 1-xalqaro turnirga tayyorgarlik boshlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodniy turnir po kurashu na kubok prezidenta Respubliki Uzbekistan
Mejdunarodniy turnir po kurashu na kubok prezidenta Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun o‘tkaziladigan kurash bo‘yicha xalqaro turnirda 1-o‘rin sohibi 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritadi

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. 6-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun 1-xalqaro turnir o‘tkaziladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 2-oktabrdagi "Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Kurash Xalqaro assotsiatsiyasi ta’sis etilgan kun 6-sentabr – "Kurash" milliy sport turi kuni sifatida belgilangan edi.

Kurash, Shaxrisabz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek kurashi - polvonlar emaklamaydi

Shu munosabat bilan Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sovrini uchun 1-xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. 

Unda kurash tarixidagi an’anaviy va zamonaviy yo‘nalishlarni uyg‘unlashtirgan mutlaq vaznda bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Turnirning sovrin jamg‘armasi 100 000 AQSh dollari, shundan g‘olibga 50 000 AQSh dollari beriladi.

Eslatib o‘tamiz, tarixi 3 yarim ming yildan ortiq bo‘lgan kurash mustaqillik yillarida jahon sahniga chiqdi. Dzudo va sambo ustasi, kurashchi polvon Komiljon Yusupov o‘zbek milliy sportining qoidalarini tizimga solib, xalqaro sport standartlariga olib chiqdi.

1998 yil 6-sentabr kuni Toshkentda Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasiga asos solingan edi. O‘tgan 20-yil mobaynida o‘zbek milliy sporti dunyo darajasiga chiqa oldi. Nufuzli ekspertlar tomonidan "XXI asr sporti" deya e’tirof etilgan kurash bugun  Osiyo, Afrika, Pan-Amerika O‘yinlari dasturidan rasman o‘rin egalladi.

Yangiliklar lentasi
0