Turkiy tillarda so‘zlashuvchi davlatlar Sammitida imzolangan hujjatlar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev vistupayet na sammite turkoyazichnix gosudarstv
Mirziyoyev vistupayet na sammite turkoyazichnix gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vengriyaga - Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar Hamkorlik kengashida kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Bugun Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Turkiy tillarda so‘zlashuvchi davlatlar Sammitida (TTSD) bir qator hujjatlar imzolandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Xabarda aytilishiga ko‘ra Sammitda quyidagi hujjatlar imzolangan:

  • Turkiy tillarda so‘zlashuvchi davlatlarning VI Sammiti deklaratsiyasi;
  • TTSD Hamkorlik kengashining bosh kotibi, bosh kotib o‘rinbosarlari hamda Turkiy akademiya prezidentini tayinlash haqidagi qaror;  
  • Vengriyaga TTSD Hamkorlik kengashida kuzatuvchi maqomini berish haqidagi qaror;

Shuningdek, Sammitda quyidagi hujjatlar qabul qilingan:

  • Turkiy tillarda so‘zlashuvchi davlatlarni integratsiya qilish konsepsiyasi;  
  • Yoshlar va milliy sport turlarini rivojlantirish haqida Vengriya TTSD Hamkorlik kengashining qo‘shma bayonoti;
  • Yozuvchi Chingiz Aytmatovnning 90 yoshligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazish haqida TTSD rahbarlarning qo‘shma bayonoti.

Eslatib o‘tamiz, Cho‘lpon – Otada bo‘lib o‘tayotgan sammitda Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya davlatlari prezidentlari ishtirok etmoqda. Shuningdek O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri faxrli mehmon sifatida taklif etilgan.

Yangiliklar lentasi
0