TOShKENT, 3 sen — Sputnik. TNT telekanalida “Tansi” shouda Toshkentlik Sabina Sharipova o‘z sherigi bilan ijro etgan raqsi bilan hakamlarni hayratda qoldirib, keyingi bosqichga o‘tish imkoniyatni qo‘lga kiritishdi.
“Men loyihada hammaga bu yo‘nalishda qanday yutuqlarga erishish mumkinligini ko‘rsatish maqsadida ommaviy raqs turi bo‘yicha malakamni namoyish qilishga harakat qildim. Buning uchun ushbu raqs turi bilan bolalikdan shug‘ullanishni boshlash shart emas”, - dedi Sabina efirda.
Sabina va uning sherigi Mixail Juravel hakamlardan shouda keyingi bosqichga o‘tishganligini eshitishdi. Bu bilan ular top-100 raqs shouga o‘tishdi. Kelgusida raqs ustalari Migel, Yegor Drujinin va Tatyana Denisova jamoasidan birida o‘rin olish maqsadida harakat qilib, bir necha tanlov bosqichlaridan o‘tishlari zarur bo‘ladi.
Teleloyiha g‘olibiga 3 million rubl sovg‘a qilinadi.
Sabina Sharipova 26 yoshda. U raqs tanlovida Toshkent nomidan ishtirok etmoqda. Hozir u Moskvada yashaydi va ishlaydi. Turli studiyalarda “Bachata” raqs turini o‘rgatish bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga, sherigi bilan birga turli raqs tanlovlarda ishtirok etib kelishadi. Masalan, shu yil avgustda ular World Bachata Masters Russia chempionatida g‘alabani qo‘lga kiritishdi.