Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar kengashi sammitida nimalarni ma’lum qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupil na sammite v Issik-Kule
Shavkat Mirziyoyev vistupil na sammite v Issik-Kule - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida faxriy mehmon sifatida qatnashdi.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Qirg‘izistonning Cho‘lpon ota shahrida 3-sentabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining oltinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. Prezident matbuot xizmati xabariga asosan.

Prezident Tursii Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: Xalqaro savdoning eng katta muammosi - dollar

Unda ushbu tuzilmaga a’zo mamlakatlar – Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Respublikasi prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Respublikasi Bosh vaziri Viktor Orban anjumanda faxriy mehmon sifatida qatnashdi.

O‘zbekiston rahbari sammitda so‘zlagan nutqida xalqlarning o‘xshash til, mushtarak ma’naviy qadriyatlar va hamkorlik rishtalari bir-biriga bog‘lab kelayotgani, bugungi kunda Kengashning siyosiy kun tartibida hech bir muammo yoki kelishmovchilik mavjud emasligini qayd etdi.

“Mamlakatlarimiz dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarda o‘zaro mos yoki yaqin qarash va yondashuvlarga amal qilib kelmoqda. Ayni vaqtda xalqlarimizning hayotiy manfaatlariga to‘la javob beradigan iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport va kommunikatsiya, turizm, ilm-fan va ta’lim kabi sohalarda o‘zaro hamkorlik faol rivojlanmoqda”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUchastniki Soveta glav stran turkoyazichnogo mira
Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar kengashi sammitida nimalarni ma’lum qildi - Sputnik O‘zbekiston
Uchastniki Soveta glav stran turkoyazichnogo mira

Mirziyoyevning siyosiy irodasi, ochiq va amaliy tashqi siyosati natijasida Markaziy Osiyoda vaziyat o‘zgardi, mintaqa davlatlari o‘rtasida do‘stona aloqalar mustahkamlandi. 

O‘zbekiston rahbarining Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Ozarbayjon prezidentlari bilan uchrashuv va muloqotlari samarasida turli sohalardagi hamkorlik yanada rivojlandi. O‘zbekistonning Turkiy kengashga a’zo davlatlar bilan o‘zaro savdo hajmi oxirgi bir yilda 40 foizdan ziyod oshdi.

O‘zbekiston prezidenti bu ko‘rsatkichlardan ancha yuqori marralarga erishish mumkinligini ta’kidlab, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi aloqalarni rivojlantirishga doir muhim yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlavi turkoyazichnix stran na vstreche v Kirgizstane
Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar kengashi sammitida nimalarni ma’lum qildi - Sputnik O‘zbekiston
Glavi turkoyazichnix stran na vstreche v Kirgizstane

Avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, yetakchi sanoat korxonalari, bank-moliya institutlari va tadbirkorlik tuzilmalari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. 

Transport yo‘nalishlarining integratsiyalashgan tarmog‘ini yaratish, dunyo va mintaqadagi asosiy bozorlarga chiqish masalasiga e’tibor qaratildi. Mamlakatlarni innovatsion asosda rivojlantirish, bu sohaga  mas’ul bo‘lgan idoralar, ilmiy-tadqiqot markazlari va venchur kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Turizmni rivojlantirish bo‘yicha ulkan imkoniyatlar borligi, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash xalqlarni yanada yaqinlashtirishi qayd etildi. Shuningdek, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, yosh avlodni ilm-ma’rifat asosida tarbiyalash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni izchil rivojlantirayotgani, ushbu xalqaro tuzilmaning kelajagiga katta umid va ishonch bilan qarashini ta’kidladi. 

“Turkiy kengash doirasida o‘zaro samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz. Hozirgi bosqichda uning faoliyatida mamlakatimiz uchun amaliy jihatdan qiziqish uyg‘otadigan yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishga tayyormiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga raislik Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tgani munosabati bilan prezident Sooronbay Jeenbekovni tabrikladi. 

Yangiliklar lentasi
0