Braziliyaning 200 yoshli Milliy muzeyi yonib ketdi

© REUTERS / RICARDO MORAESPojar v natsionalnom muzee Brazilii
Pojar v natsionalnom muzee Brazilii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Braziliya Milliy muzeyi yonib ketishi oqibatida 20 million eksponatlar yo‘q qilindi.

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Rio-de-Janeyroda Braziliya Milliy muzeyi yonib ketdi, deb xabar qilmoqda dunyo OAVlari.

Yong‘in muzeyning barcha xodimlari tark etganidan keyin sodir bo‘lgan. Maydoni 20 ming kvadrat bo‘lgan muzeyda 20 millionga yaqin eksponatlar kuyib kul bo‘lgan. Ular orasida Amerika qit’asida topilgan eng qadimiy odam skeleti (12 ming yoshli), Misrdan olib kelingan mumiyalar dinozavr suyaklari va boshqalar bo‘lgan.

Braziliya prezidenti Mishel Temer ushbu voqeaga – ushbu kun barcha uchun qayg‘uli bo‘ldi. 200-yil davomida olib borilgan mehnat bekor bo‘ldi, - deb izoh berdi.

Braziliya Milliy muzeyi mamlakatning eng eski ilmiy muassasasi edi. U 1818-yilda Portugaliya qiroli Juan IV tomonidan ochilgan. Ushbu bino muzeyga topshirilganiga qadar Portugaliya qirolining rezidensiyasi bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0