“O‘zneftegaz” Rossiya bilan hamkorlikda neft konlari samaradorligini oshiradi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishShtangoviy nasos
Shtangoviy nasos - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonning uzoq muddatli konlari samaradorligini oshirishga yordam beradi.

TOShKENT, 2 sen – Sputnik.  O‘zbekneftgaz AJ Rossiyaning “Zarubejneft” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning uzoq muddatli konlarida uglevodorod xom ashyosini qazib olish hajmini yanada oshirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Ushbu maqsadda joriy yilning 27-30 avgust kunlari “Zarubejneft” AJning geologiya, geofizika va konlarni  rivojlantirish bo‘yicha bir guruh mutaxassislari O‘zbekistonda bo‘ldilar. Ular Andijonneft AJ mutaxassislari bilan birgalikda Xartum, Bo‘ston, Janubiy Alamishik, Namangan, Tergachi va Sho‘rbuloq konlarida neft qazib olishni ko‘paytirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdilar.

Qo‘shma guruh joylarda tahlil uchun materiallar yig‘ib oldi va konlar samaradorligini oshirish bo‘yicha turli texnologiyalar o‘rganib chiqildi. Ular orasida quduqlarda ta’mirlash ishlari olib borish va markazdan qochirma nasoslarni tushirish kabi uslublar bor.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” va “Zarubejneft” o‘rtasidaub ushbu hamkorlik 2018-yilning 30-iyun kuni imzolangan Anglashuv Memorandumiga muvofiq amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda tomonlar ushbu hujjatga muvofiq, qo‘shma guruh tashkil etganlar va ikki kompaniya mutaxassislari ishtirokida tadqiqot ishlarini boshlab yuborganlar.

Yangiliklar lentasi
0