TOShKENT, 2 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ehson tadbirida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
“Poytaxtimizdagi «Navro‘z» marosimlar uyida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab ehson dasturxoni yozildi. Qur’on tilovat qilindi. Tadbirda vazirlik va idoralar, diplomatik korpus vakillari, nuroniylar qatnashdi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2-sentabr O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov vafot etgan kun. 2017-yilning 25-yanvarida ushbu kun Islom Karimovning rasmiy xotira kni deb belgilangan edi.