Toshkentda mushakbozlikni tomosha qilish uchun maxsus avtobuslar tashkil qilinadi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishSalyut
Salyut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIBB haydovchilarni bayram kunlarida imkon qadar jamoat transportidan foydalanishga chaqirdi.

TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Mustaqillik kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan mushakbozlikni tomosha qilish uchun maxsus avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

Quyida 1-sentabr soat 21:00da mushakbozlik bo‘lib o‘tadigan manzillar bilan tanishing:

Belorussko-ukrainskaya granitsa - Sputnik O‘zbekiston
Bayram kunlari yopiladigan ko‘chalar nomi e’lon qilindi

Mushakbozlikni poytaxtdagi 11 ta madaniyat va istirohat bog‘laridan tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.  Bular: G‘afur G‘ulom, Abdulla Qodiriy, Bobur, Mirzo Ulug‘bek va Furqat nomidagi hamda “Lokomotiv-Anhor”, “Ashxobod”, “Quyoshcha nuri”, “Bog‘ishamol”, “Do‘stlik” va Green Park bog‘lari, Toshkent hayvonot bog‘i, shuningdek Mega Planet savdo-ko‘ngilochar majmuasi hamda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi oldidagi maydonlar.

IIBB bayram tadbirlari bilan poytaxt markazidagi bir necha ko‘chalar yopilishini yana bir bor esga solib, haydovchilarni imkon qadar jamoat transportidan foydalanishga chaqirdi.

“Hurmatli haydovchilar! Bayram sayllari kunlarida imkon qadar jamoat transporti xizmatlaridan foydalanishingizni tavsiya qilamiz”, deydi Toshkent shahar IIBB.

Quyida avtotransport vositalarini qoldirish mumkin bo‘lgan ko‘chalar ro‘yxati bilan tanishing:

– Olmazor ko‘chasining Navoiy ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
– Islom Karimov ko‘chasining Olmazor ko‘chasidan Beshog‘och ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
– Qoratosh ko‘chasining Samarqand darvoza ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
– Bratislava ko‘chasining Shota Rustaveli ko‘chasidan Bobur ko‘chasigacha bo‘lgan qisimda;
– Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
– Baynalminal ko‘chasining Oqtepa maydonidan Bunyodkor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.

Quyidagi ko‘chalarda maxsus bepul jamoat transportlari ya’ni avtobuslarning harakati yo‘lga qo‘yiladi:

– Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli ko‘chasidan Sharshara ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
– Islom Karimov ko‘chasining Olmazor ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
– Qoratosh ko‘chasining Samarqand darvoza ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
– Furqat ko‘chasining Navoiy ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

Yangiliklar lentasi
0