Toshkent hokimligi ko‘p qavatli uylardan xonadonlar sotib olishni taklif qildi

Obuna bo‘lish
Turar joylarga qo‘yilgan talablarga ko‘ra, xonadonning qiymati 1 kv. metrga 3,2 million so‘mdan oshmasligi kerak.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi poytaxtda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari doirasida aholiga berish uchun ko‘p qavatli turar joylarda xonadonlar sotib olishni taklif qildi. Toshkent shahar hokimligining Facebookdagi sahifasida bu haqda tegishli video e’lon joylashtirildi.

Turar joy bilan shug‘ullanuvchi korxonalar o‘z takliflarini Toshkent shahar hokimligiga yozma holda info@toshkent.uz elektron manzili orqali yuborishlari mumkin.

“Turar joylarga qo‘yilgan talablar: xonadon yangi qurilgan bo‘lishi kerak; kirib yashash uchun tayyor holda bo‘lishi kerak; muhandislik tizimlariga ulangan bo‘lishi kerak; qiymati 1 kv. metrga 3 million 200 ming so‘mdan oshmasligi kerak”, - deb yozilgan e’londa.

Yangiliklar lentasi
0