Shavkat Mirziyoyev Lukoyl prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident kompanii "Lukoyl" Vagit Alekperov
Prezident kompanii Lukoyl Vagit Alekperov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperovni Do‘stlik ordeni bilan mukofotladi.

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev PAO “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperovni Do‘stlik ordeni bilan mukofotladi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

“O‘zbekistonning neft va gaz sektorini rivojlantirish va uglevodorod resurlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, xomashoni qazib olish va chuqur qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or, innovatsion texnologiyalarni sohaga joriy etish, mamlakatimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, yirik strategik loyihalarni amalga oshirish ishlariga qo‘shgan katta hissasi hamda respublikamizga yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorligi uchun «LUKOYL» ochiq aksiyadorlik jamiyati prezidenti Alekperov Vagit Yusufovich «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin”, - deyilgan prezident farmonida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi O‘zbekistonga eng yirik sarmoya (5 mlrd.$) kiritgan xorijiy kompaniya bo‘lib, ayni damda u neft va gaz sohasida ikki yirik loyihalarni amalga oshirmoqda: “Qandim – Xauzak – Shadi” konida gaz qazib olish va uni tozalash hamda Janubi-G‘arbiy Hissor konlarida gaz qazib olish loyihalari.

Yangiliklar lentasi
0