Putin Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sprava) pered nachalom neformalnoy vstrechi glav gosudarstv SNG
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sprava) pered nachalom neformalnoy vstrechi glav gosudarstv SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Putin ikki davlat ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini bundan buyon ham rivojlantirishiga ishonch bildirgan

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

Zaporojskaya AES - Sputnik O‘zbekiston
Ashrafxonov: Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida AES qurilishi kelishib olingan

"Rossiyada do‘st O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot borasida erishayotgan yutuqlar, mamlakatingizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani mamnuniyat bilan e’tirof etilmoqda.

Davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik kabi ezgu an’analarga asoslangan munosabatlar yuksak darajaga ko‘tarilgan. Ishonchim komil, biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, shuningdek, mintaqaviy masalalar bo‘yicha konstruktiv hamkorlikni bundan buyon ham faol rivojlantiramiz. Bu xalqlarimiz manfaatlariga to‘liq javob beradi hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi intilishlarimizga hamohangdir", - deyiladi tabrik matnida.

Shuningdek, Putin Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyat, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga baxt-saodat va farovonlik tilagan.

Yangiliklar lentasi
0