Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston oltin medallari soni 15 taga yetdi

© Olympic.uzSportsmenka iz Uzbekistana
Sportsmenka iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Musobaqa boshida medallar reytingi bo‘yicha 10-11 o‘rinlarda kelayotgan O‘zbekiston, bugun  6 – o‘ringa ko‘tarildi.

TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasining oltin medallar soni 15taga yetdi, jamoa medallar bo‘yicha ilk bor 6-o‘ringa ko‘tarildi.

30 avgust holatiga O‘zbekiston terma jamoasi 15ta oltin medal sohibi bo‘lgan. Ulardan:  Kurash - 6ta, erkin kurash -2ta, tayekvondo, og‘ir atletika, yengil atletika, eshkakli suzish, kanoyeeda suzish,  dzudo, tennis – bo‘yicha bittadan.  

Bugungi kunda O‘zbekiston jamoasi qo‘lga kiritgan medallar ummuiy soni 53 tani tashkil qilmoqda. Ulardan kumush medallar soni 19ta, bronza medallar soni - 19ta. 

Osiyo o‘yinlari tugashiga yana ikki kun vaqt qoldi. Bir necha o‘zbekistonlik bokschilar final va yarim final darajasida ekanligini hisobga olganda, ushbu medallar soniga yana bir necha oltin medal qo‘shilishiga umid bor.

Yangiliklar lentasi
0