Moskvada Tojikiston fuqarosi samolyotni portlatmoqchi  bo‘ldi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii "Uralskie avialinii"
Samolet aviakompanii Uralskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston fuqarosi portlatish bilan po‘pisa qilgani tufayli samolyot aeroportga qaytdi. Endi qoidabuzar katta jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. “Moskva – Dushanbe” parvozini amalga oshirayotgan Ural avialiniyalari kompaniyasigaqarashli bo‘lgan samolyot osmonga ko‘tarilganidan so‘ng aeroportga qaytishga majbur bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Sotrudnik provodit texnicheskoe obslujivanie dvigatelya samoleta - Sputnik O‘zbekiston
Moskva-Xo‘jand yo‘nalishida pavroz qilgan samolyot Domodedovoga favqulodda qo‘ndi

Kecha, 29-avgust, chorshanba kuni soat 19:15 lar atrofida, Moskvadan Dushanbega parvoz qilayotgan samolyot bortida yo‘lovchilardan biri, o‘zini tutish qoidalarini buzgan, unga tanbeh bergan stuardessaning yuziga musht tushirgan. Shundan so‘ng stuartlar va kema kapitani yo‘lovchini tinchlantirmoqchi bo‘lishgan. Qoidabuzar samolyotni portlatish bilan po‘pisa qilganidan so‘ng, kema kapitani samolyotni Jukovskiy aeroportiga qaytarishga qaror qilgan.   

25 yoshli yo‘lovchi bilan bo‘lib o‘tgan  janjal oqibatida stuardessalardan birining yuzi jarohat olgan. Aeroportda Tojikiston fuqarosi alkogol va narkotik moddalarga tekshiruvdan o‘tkazishdan bosh tortgan. Ayni damda Rossiya Tergov qo‘mitasining transportdagi qoidabuzarliklar bo‘limi uni hibsga olishni so‘ramoqda. 

Eslatib o‘tamiz, samolyot bortida kema kapitani eng katta vakolatga ega bo‘lga shaxs hisoblanadi.  Barcha fuqarolar va xizmat ko‘rsatuvchi personal kapitanning buyuruqlarini bajarishi shart.

Aeroport. Samolyot. - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreyada samolyotda to‘polon ko‘targan aviayo‘lovchi 41 ming $ jarima to‘laydi

Yo‘lovchilar parvoz xavfsizligiga tahdid qiluvchi hamda o‘zga yo‘lovchilarga xalal beruvchi  vaziyatlar yaratishi, mast holda samolyotga kirishi, o‘zgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatishi  qat’iyan ta’qiqlanadi.

Ushbu qodialarni buzgan fuqarolar Rossiya Ma’muriy qonunbuzarlik kodeksi hamda 336-Federal Qonuniga asosan 2000 – 5000 rublgacha jarimaga tortilishi, 15 sutkagacha qamoqqa olinishi hamda yo‘lovchi va aviakompaniyaga yetkazilgan zararni qoplashi kerak bo‘ladi.

Yuqoridagi vaziyatda, samolyotning rejalashtirilmagan qo‘nishi va uchishi uchun aviakompaniya albatta katta zarar ko‘radi. Odatda bunday zarar miqdori (aeroportga qarab) 200–300 ming rublni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0