O‘zbekistonda transport vazirligi tashkil etiladi

© Sputnik / StringerGorodskoy transport v Tashkente
Gorodskoy transport v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomobil, temir yo‘llar va havo yo‘llari, metro va daryo transporti ishini o‘zaro muvofiqlashtiruvchi – Transport vazirligi tashkil etiladi.

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni avtomobil transporti sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda UzA.

Majlisda sohada yig‘ilib qolgan ko‘plab muammolar muhokama qilindi. Jumladan ushbu muammolarni kompleks hal qilish uchun O‘zbekiston transport vazirligi tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

“O‘zavtotrans” agentligi tomonidan transport sohasini rivojlantirishni kompleks ko‘rib chiqish borasida davlat siyosatini yuritish tizimi hanuzgacha yo‘lga qo‘yilmagani sababli avtomobil, temir yo‘llar va havo yo‘llari, metro va daryo transporti ishini o‘zaro muvofiqlashtiruvchi, bu borada yagona siyosat yurituvchi davlat organini tashkil etish zarur”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekiston transport vazirligi tashkil etish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi mutasaddi tashkilotlarga topshirildi. 

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 6-mart kuni, prezident qaroriiga asosan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi qayta tashkil etilgan edi va 2018-2021 yillarda avtomobil transporti infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0