TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Fuqarolar yig‘inlarida sportning futbol turini yanada rivojlantirish hamda fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi, deb xabar qildi “Huquqiy axborot” kanali.
Xabarda aylishicha, endilikda, xususiy sherikning mulki negizida tashkil qilingan futbol holatini yaxshilashga ko‘maklashish asosida har bir mahallada futbol maydonlari tashkil etiladi.
Qarorga muvofiq “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi hamda mahallalarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy futbol maydonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizom bilan mahallalarda futbol maydonlarini tashkil etish uchun yer uchastkalarini bepul asosda ajratish tartibi ham belgilandi.