Toshkent avtovokzali binosi yangilanmoqda

© Nuz.uzAvtovokzal "Tashkent" - 3d model
Avtovokzal Tashkent - 3d model - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtovokzalning yangi binosi 2019-yilning mart oyida ishga tushiriladi.

TOShKENT, 28 avg - Sputnik. Toshkentda avtovokzal binosida qayta qurilish ishlari faol ketmoqda, deb xabar qildi Nuz.uz Avtomoboil transporti vazirligi xabariga asosan.

“Toshkent” avtovokzalining yangi binosi barcha zamonaviy talablarga javob beradigan bo‘ladi. Yangi bino chiroyliroq, yorug‘roq va kengroq bo‘ladi. Shuningdek uning ichki va xalqaro qatnov yo‘lovchilari uchun xizmat ko‘rsatish imkoniyati ham kengayadi – deyilgan xabarda.

Yangi binoda ikki qavatli kutish zali, VIP-zal, kafe va magazinlar paydo bo‘ladi. Shuningdek, saqlash kameralari, bagaj bo‘limi, ona va bola xonasi mehmonxona va boshqa qulayliklar paydo bo‘ladi.

© Novosti UzbekistanaMaket otrestavrirovannogo vokzala "Tashkent"
Toshkent avtovokzali binosi yangilanmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Maket otrestavrirovannogo vokzala "Tashkent"

Avtovokzalning eski binosi 70-yillar oxirida qurilgan bo‘lib, u yetarli darajada mustahkam ekanligi aniqlangan. Shuning uchun uni to‘liq buzmasdan qayta qurishga qaror qilingan.  

Rekonstruksiya ishlariga qaramasdan, avtovokzal xalqaro yo‘nalishdagi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Rejaga ko‘ra yangilangan avtovokzal binosi 2019-yilning mart oyida ishga tushiriladi.

© Novosti UzbekistanaRekonstruksiya avtovokzala "Tashkent"
Toshkent avtovokzali binosi yangilanmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Rekonstruksiya avtovokzala "Tashkent"
Yangiliklar lentasi
0