O‘zbekistonda madaniyat va san’at lotereyasi tashkil qilinadi

© RIA NovostiLotereya
Lotereya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tashkil qilinayotgan San’atni rivojlantirish jamg‘armasi, jumladan, lotoreya hisobidan to‘ldiriladi, deyilgan prezident qarorida.

TOShKENT, 27 avg – Sputnik. O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish haqida prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda UzA.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, Moliya hamda Innovatsion rivojlanish vazirliklari taklifiga binoan, O‘zbekistonda San’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil qilinadi. Jamg‘arma, mahalliy hamda xorijiy donorlar va metsenatlar mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 

“Renovatsiya dasturini, “Yo‘l xaritasi”ni hamda respublikaning madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini yaratish maqsadida Jamg‘armaga lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish huquqi berilsin”, - deyilgan prezident qarorida.  

Lotereya chiptalarini tarqatish va ular bo‘yicha yutuqlarni to‘lash “O‘zbekiston pochtasi” va Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0