TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 28-avgust kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 23,44 so‘mga ko‘tarilib, 7 827,23 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi ham 170,83 so‘mga o‘sib, 9 096,02 so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, Rossiya rubli 76 tiyinga ko‘tarilib, 116,46 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.