Shavkat Mirziyoyev nufuzli jurnal muqovasida

© BRICS Business MagazineShavkat Mirziyoyev na oblojke BRICS Business Magazine
Shavkat Mirziyoyev na oblojke BRICS Business Magazine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BRICS Business Magazine jurnali o‘z muqovasida Mirziyoyev fotosuratini “bosh islohotchi” degan yozuv bilan chop etdi.

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Ingliz va rus tillarida chop etiladigan BRICS Business Magazine jurnalining muqovasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning fotosurati “bosh islohotchi” nomli sarlavha bilan paydo bo‘ldi.

Jurnalda chop etilgan maqolada aytilishiga ko‘ra, aynan Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekistonda katta islohotlar olib borilmoqda.

“O‘zgarishlar O‘zbekistonning barcha sohalariga taaluqlidir. Ular ijtimoiy hayot, hukumat tuzilishi va iqtisodni yanada zamonaviyroq, yanada moslashuvchan va samarali qilib o‘zgartirishi kerak”, - deyilgan maqolada.

Maqolada aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston faqat o‘z moliyaviy manbbalariga tayanish prinsipidan voz kechib, xorijiy sarmoyadorlarni faol chorlayotgani – alohida e’tiborga loyiqdir.

© BRICS Business MagazineShavkat Mirziyoyev na oblojke BRICS Business Magazine
Shavkat Mirziyoyev nufuzli jurnal muqovasida - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev na oblojke BRICS Business Magazine

Buning uchun Respublikada qonunchiligiga, sarmoyadorlar huquqlarini himoya qiluvchi,  muhim o‘zgarishlar kiritilgan. Bir yil o‘tib amalga oshirilgan ishlarning natijalari ko‘zga ko‘rinib qolgan. Xususan, yildan yilga kamayishi kuzatilayotgan xorijiy sarmoyalarning o‘sishi kuzatilmoqda, deyilgan maqolada.

O‘zbekistonda liberal islohotlar salmog‘i tobora ortib bormoqda, deb yozadi BRICS Business Magazine.

“O‘zbekiston karvon kabi yo‘lga chiqqanni aniq, tez bo‘lmasada lekin qiyinchiliklarga qaramasdan, ishonch bilan belgilangan maqsad sari bormoqda”, - deyilga maqola xulosasida.

BRICS Business Magazine — bu ishbilarmonlar uchun mo‘ljallangan jurnal bo‘lib, u yiliga to‘rt marotaba, yirik iqtisodiy forumlar oldidan chop etiladi. Nashriyotning o‘zi uni “shoshmasdan o‘qish uchun mo‘ljallangan jurnal”  deb baholaydi. Rus va ingliz tillarida chop etilayotgan jurnal iqtisodchi, siyosatchi global ekspertlar va sarmoyadorlar uchun mo‘ljallangan.

Yangiliklar lentasi
0