Uch kunda tonirovka qilishga 45ta ruxsatnoma berildi – IIBB

CC0 / pixabay / Tonirovannoe steklo avtomobilya
Tonirovannoe steklo avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tonirovka qilishga uch kun ichida 30 ta jismoniy va 15 ta yuridik shaxslarga ruxsatnomalar berildi - IIBB.

TOShKENT, 26 avg - Sputnik. Toshkent shahrida 3 kun ichida tonirovka qilishga 45ta ruxsatnoma berildi, deb xabar qildi IIBB matbuot xizmati.  

“Vazirlar Mahkamasining 18-iyuldagi qaroriga binoan, Toshkentda 23-avgustdan boshlab tonirovka qilishga ruxsatnomalar berila boshlandi. O‘tgan uch kun ichida 30ta jismoniy va 15ta yuridik shaxslar ana shunday ruxsatnomalar olishdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda avtomobil oynalarini belgilangan tartibda qoraytirish uchun jismoniy shaxslar 16,5 mln so‘m, yuridik shaxslar 22 mln so‘m miqdorida yig‘im to‘lashi kerak.

Reyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda tonirovka uchun eng qimmat narx qayerda

Ruxsatnoma olmasdan, yopishtirib olingan tonirovka uchun O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy qonunbuzarliklar kodeksining 126 bandiga muvofiq, EKIHning bir baravari miqdorida jazo belgilangan.

Tonirovka qilishga ruxsatnomani Toshkent shahar IIBBning quyidagi manizllarda joylashgan YHXBlarida rasmiylashtirish mumkin:

1-diagnostika stansiyasi: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 118a.

2-diagnostika stansiyasi: Yunusobod tumani, O. Zokirova ko‘chasi 2a.

3-diagnostika stansiyasi: Mirobodskiy tumani, Vodil ko‘chasi, 54.

 

Yangiliklar lentasi
0