TOShKENT, 25 avg - Sputnik. Joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy darajadagi tashrif bilan Fransiyaga boradi.
Shu munosabat bilan Fransiyaga oliy darajadagi tashrif davomidagi madaniy-gumanitar tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Ta’kidlanishicha, Madaniyat vazirligi huzurida Fransiya madaniyat markazi tashkil etildi.
Markaz xarajatlarini moliyalashtirish Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.