Yangi maktab formalari: qayerdan olsa bo‘ladi, narxi qancha?

Obuna bo‘lish
Xalqaro Press-klubga yangi maktab formalarini kiygan maktab o‘quvchilari: yigit va qizlar taklif etildi. Tadbir davomida forma qanday matodan tikilgani, uning afzalliklari va dizayni xususida to‘xtalib o‘tildi.

TOShKENT, 25 avg - Sputnik. Joriy yil 15-avgustidan boshlab O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi "Davlat umumta’lim maktab o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan edi.

Posetitelnitsa izuchayet katalog proizvoditeley shkolnoy formi - Sputnik O‘zbekiston
Maktab formasini qayerdan sotib olish mumkin?

Xalqaro Press klubning 24-avgust kungi sessiyasida ushbu yangi maktab formalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Yangi maktab formalari 1-6-sinflar va 7-11-sinflar uchun alohida dizaynda ishlab chiqilgan.

Dizayner ta’kidiga ko‘ra, katta sinflar uchun mo‘ljallangan va sinov jarayoniga berilgan 10 xil maktab formasidan 2 xili tasdiqlangan. Ular to‘q ko‘k rangdagi formalardir.

Nega to‘q ko‘k rang tanlandi degan savolga javob berar ekan, dizayner, yuqori sinf o‘quvchilari harakatda bo‘lishlarini, bu esa ust libosning tezda kir bo‘lishiga olib kelishini aytdi. Qolaversa, sinov jarayonida maktab o‘quvchilarining o‘zlari, ota-onalar va o‘qituvchilar ham aynan shu rangni ma’qullashgani uchun Xalq ta’limi vazirligi va "O‘zto‘qimachilik" birgalikda yuqori sinf o‘quvchilari uchun formani to‘q ko‘k rangli matodan tayyorlashga kelishishgani ma’lum qilindi.

Material tarkibi: 55% paxta, 45% poliestr. Ichki ko‘ylak (rubashka va bluzkalar) yuqori sinf bo‘lganliklari uchun 70% paxta, 30% poliestrdan iborat va bu gigiyena talablariga javob beradi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun och ko‘k rangdagi formalar va katak nusxali matodan tikilgan yubkalar tasdiqlangan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari pidjak kiyishga o‘rganmaganlarini hisobga olib, dizaynerlar bolalarga qulaylik tug‘dirish maqsadida ustki liboslarn bichimini bomber uslubida tikishga qaror qilganlar.

Knigi v shkolnoy biblioteki odnoy iz Uzbekskix shkol - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi maktablarda yangi o‘quv yilidan dunyo dinlari tarixi o‘qitiladi

Forma matosi tarkibi 65% paxta va 35% poliestr. Ichki, badanga tegib turadigan qismi - 100% paxtadan ishlab chiqilgan.

Havo o‘tkazuvchanlikni ta’minlab beradi va o‘ziga namlikni yaxshi singdiradi, dedi dizayner.

Hali ishlab chiqarish jarayoni tashkil etilmagani bois, maktab formalari narxi borasida bir qarorga kelinmagan. Narx forma ishlab chiqarilgandan keyin bozor mexanizmlari asosida belgilanadi va erkin savdoga chiqariladi, deyildi tadbir davomida.

Ta’kidlanishicha, maktab formalari har yili avgust oyida maktab-yarmarkalarida savdoga chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018/2019 o‘quv yilida o‘quvchilarning maktabga tasdiqlangan shakllardagi maktab formasida kelishlari ixtiyoriy, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab esa majburiyligi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0