TOShKENT, 24 avg – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Mustaqillik kuni arafasida Afrosiyob va boshqa poyezdlarga chiptalar 50 % chegirma bilan sotilishini e’lon qildi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, 31-avgustdan 4-sentabrga qadar mamlakat ichidagi qatnovlar, jumladan, Afrosiyob tezurar poyezdlari uchun yo‘lkira haqida odatiy tarifdan 50 % chegirma taqdim etiladi.
Bu bayram kunlari yurtimiz bo‘ylab turistik sayohatga chiqishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarning sifatli xordiq chiqarishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratadi.
Chegirmalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni 1005 (ma’lumotnomalar burosi) telefon raqami orqali, qolaversa, hududiy temir yo‘llar ma’lumotnomalar xizmatlari telefon raqamlari orqali bilib olish mumkin.