Chuqur tahlil va mulohazalardan so‘ng GM Uzbekistan ayrim modellar narxini 7,7 %ga oshirdi

© AP Photo / Bebeto MatthewsAvtomobil Chevrolet Malibu Hybrid
Avtomobil Chevrolet Malibu Hybrid - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan ayrim modellar narxini 7,7 %ga oshirdi. “Spark”, “Neksiya” va “Kobalt” modellari narxi o‘zgarmasdan qoldirildi.

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. “O‘zavtosanoat” AJ ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning ayrim modellari narxini 7,7 %ga oshirishga qaror qildi. Bu haqida kompaniya rasmiy xabarida aytilgan.

“O‘zavtosanoat” AJ Hukumat, vazirliklar va xalqaro hamda mahalliy ekspertlar  ishtirokida, aholi fikrini tahlil qilgan holda, ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxini belgilash prinsiplarini o‘rganib chiqdi va ayrim modellar narxini o‘rtacha 7,7 %ga oshirdi”, - deyilgan xabarda.

Shu bilan bir vaqtda, aholi orasida eng ommaviy bo‘lgan “Spark”, “Neksiya” va “Kobalt” modellari narxi o‘zgarmasdan qoldirildi.

Ushbu qarorni qabul qilish vaqtida “Djeneral Motors Uzbekistan” AJning og‘ir moliyaviy ahvoli, ayrim modellar ishlab chiqarishning rentabelsizligi hisobga olindi va avvalombor, aksiz solig‘i va diler marjasini kamaytirish hisobidan, narxlar keskin o‘sishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Ravon Motors Osh - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan avtomobillari narxi hozircha oshirilmasligi ma’lum qilindi

Shuni aytish kerak-ki, avtomobil chakana narxlari va aksiz solig‘i miqdori oldingi darajada saqlanib qolgan taqdirda, 2018-yil yakunlariga ko‘ra kompaniya va uning eng yirik aksiyadori bo‘lgan davlat ulkan zarar ko‘rgan bo‘lar edi. Ushbu zararni esa kelajakda oddiy soliq to‘lovchilarning (ular avtomobil sotib olmagan bo‘lsa ham)  mablag‘lari hisobidan qoplashga to‘g‘ri kelak edi.

Xabarda shuningdek, 2018-yilning 1-avgustiga qadar imzolangan va avtomobil narxining 85% to‘langan shartnomalar bo‘yicha avtomobillar shartnomada ko‘rsatilgan shartlarda yetkazib berilishi aytib o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0