Shavkat Mirziyoyev III Ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etadi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka o‘tishUchastniki gruppovogo turnira otkritogo chempionata po kok-boru
Uchastniki gruppovogo turnira otkritogo chempionata po kok-boru - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda, Issiq ko‘l bo‘yida III Ko‘chmanchilar o‘yinlarida 80 mamlakatdan 3 mingdan ortiq sportchilar ishtirok etadi.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev hamda Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkiya prezidentlari hamda Vengriya bosh vaziri 2-sentabr kuni Issiq-ko‘l bo‘yida bo‘lib o‘tadigan ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etadi.

“Ko‘chmanchilar o‘yinlari” xalqaro musobaqa bu yil Qirg‘izistonda uchinchi marotaba bo‘lib o‘tadi. Issiq-ko‘l yonida bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqalarda dunning 80 mamlakatidan 3 mingdan ortiq sportchilar ishtirok etadi. Jumladan Unda O‘zbekistondan ham 108 nafar sportchi ushbu musobaqalarga tashrif buyurishadi.

Ushbu xalqaro tadbir dastlab 2014-yilda Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev tashabbusi bilan o‘tkazilgan edi. Musobaqa doirasida turli etnografik tadbirlar, konsert dasturlari hamda tanlovlar ham tashkil qilingan.

Ayni damda musobaqaga tayyorgarlik qizg‘in ketmoqda. Jumladan yuqori tog‘ bag‘rida joylashgan  Kirchin shaharchasida ham musobaqaga tayyorgarlik qizg‘in ketmoqda. Bu yerda etnofestival bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0