TOShKENT, 22 avg - Sputnik. O‘zbekiston o‘z hududida alkogol va tamaki mahsulotlarining erkin tranzit qilinishiga ruxsat berdi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-avgustdagi qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini olib kelishni va uning tranzitini taqiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish kiritildi.
O‘zgartirishga muvofiq endilikda O‘zbekiston hududidan etil spirtini tranzit qilish mumkin. uning uchun Vazirlar Mahkamasidan ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 1998-yil 15-maydan O‘zbekiston bojxona hududiga etil spirtini transportning barcha turlari bilan olib kelish taqiqlanib, tranzit qilish uchun Vazirlar Mahkamasidan ruxsatnoma olish tartibi joriy etilgan edi.