Kavkazda O‘zbekiston fuqarosi 40 juft maxsi bilan ushlandi

© FTS RF40 par natsionalnix uzbekskix noskov (maxsi) bili zaderjani mineralovodskimi tamojennikami v xode provedeniya oformleniya i kontrolya mejdunarodnogo aviareysa "Tashkent – Mineralnie Vodi"
40 par natsionalnix uzbekskix noskov (maxsi) bili zaderjani mineralovodskimi tamojennikami v xode provedeniya oformleniya i kontrolya mejdunarodnogo aviareysa Tashkent – Mineralnie Vodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
40 juft maxsi olib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosini Mineralnie vodi shahri aeroporti bojxona xodimlari to‘xtatdi.

TOShKENT, 22 avg – Sputnik. Mineralnie vodi shahri aeroportiga 40 juft maxsi olib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosini bojxona xodimlari to‘xtatdi, mahalliy bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra.

Tamojnya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan boj to‘lamasdan qancha miqdorda tovar olib chiqish mumkin

Yashil yo‘lakdan o‘tayotgan fuqaro qo‘l yuklari orasida 40 juft deklaratsiyada ko‘rsatilmagan mahsulot - o‘zbek milliy uslubida tikilgan maxsilar borligi aniqlangan. Noqonuniy yukning vazni 16 kgni tashkil qilgan.

Ayni damda O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan ma’muriy qonunbuzarlik ishi qo‘zg‘atilgan va u jarimaga tortilishi kutilmoqda. 40 juft maxsi esa aeroport bojxonasining saqlash kamerasida saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi hududiga shaxsiy ehtiyojdan ortiqcha bo‘lgan miqdorda (tijorat maqsadida) tovarlar olib kelish, shuningdek, sertifikatga ega bo‘lmagan oziq-ovqatmahsulotlari va nosvoy olib kelish ta’qiqlanadi.

Rossiya Federatsiyasi hududiga qonunni buzmagan tartibda qanday mahsulotlar olib kelish mumkinligi haqida ushbu infografikamizda batafsil tanishishing. 

Yangiliklar lentasi
0