Ramzan Qodirov: Qurbon hayitini motamga aylantirmoqchi bo‘lganlar yo‘q qilindi

Obuna bo‘lish
Ular qurollangan aksiya va teraktlarni amalga oshirishga qodir allaqanday kuchlar mavjud degan tasavvurni odamlar ongida uyg‘otishga urinib ko‘rishdi, deb ta’kidlaydi Ramzan Qodirov

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Feysbukdagi sahifasida, bugun, Qurbon hayiti kuni mamlakatda amalga oshishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisaning oldi olingani to‘g‘risida post e’lon qildi.

Afganskie sili bezopasnosti pribivayut na mesto napadeniya i obstrela v Kabule - Sputnik O‘zbekiston
Qobulda prezident saroyiga raketa zarbasi berildi

"Bugun bir guruh yoshlar tomonidan katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladigan jinoyat sodir etilishining oldi olindi. Ularning maqsadi - keng jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortish, Checheniston aholisiga Qurbon-bayram bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazishlariga halal berish va bu bilan bayramni yo‘qqa chiqarish bo‘lgani shubhasiz. Eng asosiysi, ular qurollangan aksiya va teraktlarni amalga oshirishga qodir allaqanday kuchlar mavjud degan tasavvurni odamlar ongida uyg‘otishga urinib ko‘rishdi", - deb yozadi Ramzan Qodirov va yosh guruhning kirdikorlari politsiya xodimlari xushorligi tufayli fosh etilganini qo‘shimcha qiladi.

"Ularning barcha urinishlari yo‘qqa chiqarildi, banditlar yo‘q qilindi, yovuz niyatlilardan biri o‘z-o‘zini portlatdi, lekin tirik qoldi, u kasalxonaga yetkazilgan. Shali shahrida ikkita politsiyachi jarblangan, shuningdek, Grozniy shahrida ham DPS xodimlari jarohat olgan", - deyiladi postda.

Ramzan Qodirovning yozishicha, "bu yerda yosh yigitlarning ongi ijtimoiy tarmoqlar orqali turli iblischilar tomonidan zaharlanganiga shubha yo‘q". Ammo shu narsa ma’lumki, Checheniston respublikasida ularni qo‘llab-quvvatlovchilar yo‘q, ularning sotsial bazasi ham bu yerda mavjud emas.

Glava Chechni Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert Ramzan Qodirov O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi

"Hali ruhiyati mustahkamlanmagan o‘smirlarni o‘zlarining kabih ishlariga jalb qilayotganlaridan bilish mumkin-ki, "rahbar"larda uyat degan narsaning o‘zi yo‘q", - deb yozadi Qodirov.

Checheniston rahbarining ishonch bilan ta’kidlashiga qaraganda, Grozniy va Chechnya shaharlarida vaziyat tinch, stabil. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari odatiy tartibda, xushorlik ila xizmatni olib bormoqdalar. Va miyasida fuqarolar xavfsizligiga rahna solish maqsadi tug‘ilgan har qanday shaxsni zudlik bilan tartibga chaqirishga tayyordirlar. "Men Checheniston Respublikasi IIV rahbariyatiga jabrlanganlarga barcha zarur yordamni ko‘rsatishni va ularni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdim", - deb ta’kidlagan Ramzan Qodirov.

Yangiliklar lentasi
0