Moskva viloyatida migrantlar ommaviy zaharlandi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishKlinicheskaya bolnitsa skoroy meditsinskoy pomoshi v Volgograde
Klinicheskaya bolnitsa skoroy meditsinskoy pomoshi v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva viloyatidagi qurilishda 31 kishi ovqatdan zaharlandi. Bir kishi vafot etdi.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Moskva viloyatidagi Kotelniki shaharchasidagi qurilish maydonchalaridan birida mehnat migrantlarining ommaviy zaharlanishi yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Kotelnikida yuz bergan hodisa natijasida 26 kishi zarar ko‘rdi. Ulardan 23 kishi Lyuberesk tumanidagi kasalxonaga joylashtirildi, bir kishi vafot etdi”, - deyilgan xabarda.

Voqea 20-avgust kuni sodir bo‘lgan. Quruvchilar xostelda ovqatlanganidan so‘ng o‘zlarini yomon his qila boshlagan. Shifokorlardan yordam so‘rab 31 kishi murojaat qilgan. Ularning holati o‘rta-og‘ir deb baholanmoqda. Dastlabki diagnoz – gastroenterit.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu xostel sanitariya va epidemiologiya normalariga javob bermaganligi tufayli oldin ham ikki marotaba yopib qo‘yilgan. Rospotrebnadzor ayni damda uning oshxona va ombarxonalarini muhrlab qo‘ygan va xostel muldori bo‘lgan yuridik shaxs faoliyatini tugatish bilan shug‘ullanmoqda.

Jabrlanganlar "Impuls" va "Boes Konstrakshen" qurilish kompaniyalari ishchilari bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0